18:02 / 03.07.2017
5 239

O‘zbekiston yoshlari Qatardagi ikkinchi uchrashuvda ham kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston yoshlari Qatardagi ikkinchi uchrashuvda ham kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi
Qatar poytaxti Doha shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida U-22 Three Nations Tournament xalqaro turniri davom etmoqda.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkinchi o‘yinni Qatar U-22 termasiga qarshi o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golga 15-daqiqada Andrey Sidorov mualliflik qildi.

Dastlabki o‘yinda Qirg‘iziston yoshlarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston U-22 termasi ikkita o‘yindan keyin 2 ta g‘alabaga erishgan holda 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Qatar va Qirg‘iziston yoshlar termasi 1 ochkodan ega bo‘lib turibdi.

U-22 Three Nations Tournament
Al Sadd stadioni
2 iyul, yakshanba

Qatar U-22 – O‘zbekiston U-22 — 0:1
Gol: Andrey Sidorov (15)
Qatar U-22: Meshaal Iso Ahmad, Salah Alavi (Sulton Hussain, 72), Umar Ahmad (Abdulrahmon Anad, 62), Tamim Muhammad, Salim al-Xajri, Ahmad Duzandeh, Mashaal Qosim (Xolid Munir, 62), Nosir Ibrohim, Adel Avali al-Sulaymoniy (Abdulla Abdulsalom, 62), Ahmad Muhammad Ali, Assim Umar.
O‘zbekiston U-22: Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Mirjamol Qosimov (Xurshid G‘iyosov, 46), Abbos Otaxonov (Xojiakbar Alijonov, 56), Javohir Siddiqov (Oybek Rustamov, 69), Abdujamol Isroilov (Sharof Muhiddinov, 69), Husniddin G‘ofurov (Doniyor Narzullaev, 90), Andrey Sidorov (Zabihillo O‘rinboyev, 56), Doston Tursunov, Bekzod G‘anijonov (Jasur Yaxshiboyev, 46), Suhrob Nurulloyev (Bobur Abduxoliqov, 56).
Ogohlantirishlar: Bekzod G‘anijonov (73), Zabihillo O‘rinboyev (77)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston yoshlari Qatardagi ikkinchi uchrashuvda ham kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi