O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni 70 yoshga to‘lgan Mirabror Usmonovni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.
Mirabror Usmonov — taniqli davlat va sport arbobi. 1990—1992 yillarda O‘zbekiston savdo vaziri, 1992—1994 yillarda «O‘zbeksavdo» kompaniyasi raisi, 1994—2005 yillarda bosh vazir o‘rinbosari.
U 2006 yildan O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, 2013—2016 yillarda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga ham rahbar bo‘lgan.
Prezident farmonida Mirabror Usmonov davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlaridagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish, yosh avlodni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun yuksak unvon bilan taqdirlanishi qayd etilgan.
Milliy olimpiya qo‘mitasi saytida e’lon qilingan tabriknomada Mirabror Usmonov rahbarligida O‘zbekiston olimpiya delegasiyasi eng yaxshi natijaga erishgani alohida ta’kidlangan. 2016 yili Braziliyaning Rio-de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari jami 13 medal qo‘lga kiritib, 21-o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?