O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Evropada davom ettiradi

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Evropada davom ettiradi
2017 yilgi mavsumni Eronning “Mashinasozi” jamoasida o‘tkazgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Aziz Ibragimov o‘z faoliyatini Latviyada davom ettiradi. 30 yoshli futbolchi Yurmala shahri sharafini himoya qilayotgan “Spartak” klubi bilan shartnoma imzoladi.

2007 yilda tashkil etilgan “Spartak” klubi o‘tgan mavsumda o‘z tarixida birinchi marta Latviya chempioni bo‘ldi va Evropa Chempionlar Ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Yurmalaliklar EChLdagi ishtirokini 2-saralash bosqichidan boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Aziz Ibragimov faoliyati davomida “Traktor” (2004–2005), “Sho‘rtan” (2005), “Mash’al” (2006), “Slovan Bratislava” (Slovakiya, 2007–2008), “Bogemians 1905” (Chexiya, 2008–2011), “Sindao Jonun” (Xitoy, 2011–2012), “Banik Most” (Chexiya, 2013), “Cheske Budeyovise” (Chexiya, 2013), “Bogemians Praga” (Chexiya, 2013–2014), “Andijon” (2014), “Dinamo” Samarqand (2015), “Buxoro” (2015–2016) va “Mashinasozi” (Eron, 2017) klublarida to‘p surgan.

Shuningdek, tajribali futbolchi 2007–2011 yillar davomida O‘zbekiston terma jamoasi safida to‘p surib, 17 uchrashuvda 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar