FIFA Neymarning transferini qonuniy deb topdi

FIFA Neymarning transferini qonuniy deb topdi
Xalqaro futbol federatsiyasi hujumchi Neymarning "Santos"dan "Barselona"ga o‘tishini qonuniy deb tan oldi.

Braziliya klubi 2015 yilning may oyida FIFAga e’tiroz bildirib, "Barselona", Neymar va N&N Consultoria kompaniyasi qoidalarni buzganini ma’lum qilgan edi. "Santos" Neymar transferi uchun 17 mln. yevro olgan, qolgan mablag‘ (58,5 mln. yevro) esa N&N Consultoria kompaniyasiga nasib etdi.

Endi ushbu qarorga apelyasiya berish uchun "Santos"da 10 kun bor. Oldinroq Neymar huquqlarining bir necha foiziga egalik qiluvchi DIS investitsion kompaniyasi futbolchini jazolashni so‘ragan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar