Bunaqasi hali bo‘lmagan! «Barselona» «Atletik»dan javobsiz to‘rtta gol o‘tkazib yubordi!

“Atletik” hamda “Barselona“ klublari o‘trasida Ispaniya Superkubogining dastlabki o‘yini o‘z nihoyasiga etdi. Unda 4:0 hisobi qayd etilib, basklarning g‘alabasi bilan yakunlandi, deb yozmoqda Uff.uz.
Dastlab, o‘yinning 13-daqiqasida San Xose chamasi 49 metrlardan zarba yo‘llab, ter Stegenni dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi – 1:0.
53-daqiqaga kelib, Aduris hisobdagi farqni ikkita to‘pgacha etkazdi. Oradan 9 daqiqa o‘tar-o‘tmas, Aduris hisobni yirik 3:0 ko‘rinishga olib keldi. Bu ham kamlik qilgandek yana ispaniyalik hujumchining o‘zi penaltidan o‘zining uchinchi golini kiritib, yakuniy 4:0 natijasini o‘rnatdi.
Bunaqasi hali bo‘lmagan! “Barselona” bularning bariga hatto bitta gol bilan javob ham qaytara olmadi. “Sevilya” “kombek”i “Barsa“ga salbiy ta’sir o‘tkazgan-mi, yoki boshqa bir sabab bor-mi, unisi noma’lum. Ammo, Luis Enrike shogirdlari endi “Kamp Nou”da bu sharmandalik unutilishini ta’minlashlari lozim.
Ispaniya Superkubogi. Dastlabki uchrashuv
Atletik – Barselona 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 13 San Xose, 2:0 – 53 Aduris, 3:0 – 62 Aduris, 4:0 – 68, penalti Aduris.
Atletik – Iraysos, San Xose, Balensiaga, Echeyta, De Markos, Benyat, Eraso (Gurpegi, 77), Sabin Merino (Inigo Lekue, 66), Susaeta (Boveda, 85), Laport, Aduris.
Barselona – ter Stegen, Vermalen, Dani Alves, Bartra, Adriano, Rafinya (Inesta, 52), Serdji Roberto (Rakitich, 60), Maskerano, Pedro (Ramires, 71), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Pedro (41), Eraso (44), Benyat (45), Dani Alves (67), Echeyta (70), Susaeta (74), Maskerano (80), Gurpegi (88), San Xose (90), Inesta (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing