19:05 / 23.07.2017
5 453

Rasman! Danilo – «Manchester Siti» futbolchisiga aylandi

Rasman! Danilo – «Manchester Siti» futbolchisiga aylandi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Danilo Angliyaning “Manchester Siti” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda “shaharliklar” rasmiy tvitter sahifasi xabar berdi.

26 yoshli futbolchi inglizlar klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan.

Ushbu futbolchi transferi «Manchester Siti»ga 30 million evroga aylanishi, yana 5 million evro bonus sifatida to‘lanishi aytilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Danilo ortda qolgan mavsum “Real” tarkibida 17 uchrashuvda maydonga tushgandi.

Bundan avvalroq «Manchester Siti»ni Aleksandar Kolarov tark etib, «Roma» safiga borib qo‘shilgani xabar qilingandi.

Yozgi transferlar vaqtida «shaharliklar» jamoasi «Tottenhem»dan Kayl Uokerni sotib olgandi, shuningdek, «Monako»dan Benjamen Mendini transfer qilish bo‘yicha harakatlar davom etmoqda.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! Danilo – «Manchester Siti» futbolchisiga aylandi