Ukrainalik futbol ishqibozlari Maksim Shaskix nomidagi legioner-to‘purarlar klubi tashkil etilganligining etti yilligini nishonlashdi. Bundan foydalangan Sports.uz sayti O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi bilan qisqacha suhbat uyushtirdi.
- Muhim voqea bilan tabriklaymiz. Murabbiylik faoliyatingiz va oilaviy hayotingizda omad tilaymiz.
- Rahmat. Hamisha Vatandan bo‘lgan e’tibor yoqimli. Sizga, hamyurtlarimga ham muvaffaqiyat tilayman.
- Maksim, «Dinamo»dagi 100-golingizni eslay olasizmi?
- O‘ynab yurgan kezlarim hech qachon gollarimni hisoblamaganman. Men uchun jamoaning g‘alabasi muhim edi. Albatta, to‘p kiritish mening vazifam bo‘lgan. Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin saytlarning birida 100-golimni 2004 yilning noyabrida «Roma» darvozasiga urganimni o‘qib qoldim. O‘shanda rimliklar bilan Evropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida to‘qnash kelgandik. Ularni Kievda 2:0 hisobida mag‘lub etganmiz. Men ikkinchi bo‘lim oxirlarida maydonga tushganman. O‘yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida braziliyalik Rinkonning to‘p oshirishidan so‘ng italiyaliklar darvozasini ishg‘ol qilgandim.
- Ukraina klublaridagi faoliyatingiz davomida nechta gol urgansiz?
- 171ta. Bu raqamlar bir nechta sport nashrlarida yozilgan. Shunday ekan, sensasiya kutmang.
- Eng ko‘p to‘pni «Dinamo Kiev» safida kiritganmisiz?
- Albatta. «Dinamo»da uzoq vaqt faoliyat yuritish barobarida ko‘plab gollar urganman. Jamoa men uchun allaqachon jonajon bo‘lib qolgan. 150ta golga biroz kamlik qildi, 142talik ko‘rsatkichda to‘xtab qolganman.
- Legioner-to‘purarlar klubini qachon tashkil qilishganini eslay olasizmi?
- 2010 yilning iyulida. O‘shanda Kievning «Arsenal» klubida o‘ynardim. Esimda, havo juda issiq edi. Hamma salqinga qochadigan paytda biz Luganskda mahalliy «Zarya»ga qarshi o‘ynaganmiz. G‘alaba qozongandik. Men uchrashuv oxirida penaltidan gol urganman. Bahs yakunlangach, mahalliy muxbirlarga intervyu berayotgandik. O‘zini Xoxlyuk deb tanishtirgan bir jurnalist mening nomimda legioner-to‘purarlar klubini tashkil qilish g‘oyasini ilgari surdi. Albatta, u mazkur loyiha borasida menga ko‘p narsalarni aytdi. O‘shanda ham, hozir ham bunga qarshi emasman.
- Olesya (futbolchining rafiqasi), oilaviy gollarni hisoblab yurganmisizlar yoki aytaylik, chiroyli gollarni alohida hisoblaganmisiz?
- Ularni ajratmasdik. Maksimning urgan gollari uzoq yillik futbol faoliyatiga etadi. Oilamiz uchun Maksimning g‘alabalari, sog‘lig‘i muhimroq bo‘lgan. Gollar esa keyingi o‘rinda. Shuni alohida aytmoqchimanki, Maksim uchun Vatanimiz O‘zbekiston alohida ahamiyat kasb etadi. U Toshkentdagi «Paxtakor» maktabida birinchi murabbiyi Sergey Mixaylovich Kovalyovdan futbol sirlarini o‘rgangan. Milliy terma jamoa safida o‘ynadi. Maksim uchun Vatan shunchaki gap emas, balki uning qalbidadir.
- Sizningcha, Maksim qaysi jamoa safida o‘zining chiroyli gollarini urgan?
- Biz uchun uning barcha gollari chiroyli.
- Maksim, «Bunyodkor»dagi murabbiy almashuvi jamoaga ijobiy ta’sir o‘tkazadimi?
- Albatta. Mirjalol Qosimov o‘z ishining ustasi. Yaqin orada barchamiz o‘rganib qolgan «Bunyodkor»ni ko‘ramiz. Muhimi - natija keladi. Men bunga ishonaman.
- Terma jamoada gol urish borasidagi eng yaqin ta’qibchingiz Aleksandr Geynrix rekordingizni yangilashi mumkinmi?
- Bu haqda bir nima deyishim qiyin. Sasha hamon o‘ynayapti. Birinchi o‘rinda barchasi uning o‘ziga bog‘liq.
Manba: interfutbol.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi