Avstraliya chempionatining «Pyort Glori» jamoasi a’zosi Rostin Griffits faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sports.Uz sayti xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 29 yoshli yarimhimoyachi Oliy liganing etakchi klublaridan biri bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Biroq saytda Griffitsni milliy chempionatimizning qaysi jamoasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida ma’lumotlar berilmagan. Tribuna.Uz manbalari bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi katta ehtimol bilan Toshkentning «Paxtakor» klubi safiga o‘tishi mumkin. Uning O‘zbekistondagi yillik maoshi kamida 600 ming dollarni tashkil qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, kelib chiqishi asli angliyalik bo‘lgan ushbu yarimhimoyachi faoliyatini «Blekbern Rovers» jamoasida boshlagan.
So‘ngra, Shotlandiyaning «Gretna», Angliyaning yana bir jamoasi «Akkrington Stenli», Niderlandiyaning «Roda», Avstraliyaning «Adelaida Yunayted», «Sentral Kost Mariners», «Nort Kvinslend Furi» va «Pert Glori» jamoalarida to‘p surgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...