
«So‘g‘diyona» rahbariyati Igor Shkvirinni jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Terma jamoaning sobiq futbolchilaridan biri bo‘lmish Igor Shkvirin murabbiylik faoliyatini «Qizilqum»da boshlagan, keyinroq «Olmaliq» boshqaruviga kelib, bu jamoada 9 yil ishlagandi.
2016 yilda olmaliqlar klubi safidan ketgach, u Bekobodning «Metallurg» jamoasida seleksioner murabbiy sifatida ish olib borayotgan edi.
U Jizzax jamoasida avvalroq ishdan bo‘shatilgan Davron Fayziev o‘rnini egalladi.
Bugun Igor Shkvirin bilan ilk mashg‘ulotni olib borgan. Jamoani «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinda aynan ushbu murabbiy boshlab chiqadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.