Filippinning Puerto-Prinsesa shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida chorak final bahslari yakunlandi.
Sports.uz xabariga ko‘ra, musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschilardan 9 nafari yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
46 kilogramm vazn toifasida Muhammadmuso Abdurahmonov raqibi Turki Yahyo Ahmadni ikkinchi raundda mutlaq ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
48 kilogramm vazn toifasida Ruslan Abdullaev BAA vakili Ali Al-Xarussiyni 5:0 hisobida engdi.
52 kilogramm vazn toifasida Asadxo‘ja Muydinxo‘jaev iroqlik Hussayn Abdulhodiy Al-Baydxoniydan 4:1 hisobida ustun keldi.
54 kilogram vazn toifasida Rahmatullo Toshpo‘latov butanlik Rada Vanchukni ikkinchi raundda katta ustunlik bilan taslim qildi.
57 kilogramm vazn toifasida Javlonbek Yo‘ldoshev yaponiyalik Kenshin Yamamurani mag‘lub etdi - 5:0.
60 kilogramm vazn toifasida Sherzod Qodirov filippinlik Norlan Petesioni 5:0 hisobida dog‘da qoldirdi.
63 kilogramm vazn toifasida Nurislom Ismoilov hindistonlik Vijay Dipga imkoniyat qoldirmadi - 4:1.
66 kilogramm vazn toifasida Asadbek Jumaniyozov tailandoik Chansom Vittayani 5:0 hisobida engdi.
Og‘irligi 80 kilogrammdan yuqori bokschilar bahsida hamyurtimiz Shohruh Almatovning raqibi - Saud Al-Barud (BAA) jangga chiqmadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi