11:08 / 10.08.2017
3 524

“Paxtakor” avstraliyalik futbolchi – Rostin Griffits bilan shartnoma imzoladi

“Paxtakor” avstraliyalik futbolchi – Rostin Griffits bilan shartnoma imzoladi
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Angliyada tug‘ilgan, Avstraliya fuqaroligini olgan futbolchi – Rostin Griffits bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda O‘zPFL matbuot xizmati.

Futbolchining tanishtiruv marosimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bugun, 10 avgust kuni “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda klub bosh murabbiyi Shota Arveladze ham ishtirok etdi. Anjumandan keyin Rostin Griffits klub muxlislariga ham tanishtirildi.

“Paxtakor” osiyolik futbolchi limitini Rostin Griffits bilan to‘ldirdi va biz bundan xursandmiz. Uning o‘yinlarini kuzatdim va klubga chaqirishga qaror qildim. U tajribali futbolchi va klubga yordam berishiga umid qilamiz”, – dedi Shota Arveladze.

Avstraliyalik futbolchi qanday qilib “Paxtakor” a’zosiga aylangani va o‘zbek futboli haqida so‘zlab berdi.

“Paxtakor” bosh murabbiyi menga taklif bilan chiqdi va men uni qabul qildim. Jamoa o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ydi: Osiyo Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish va O‘zbekiston chempionatida yuqori natijalarga erishish. Aynan shu omillar meni o‘ziga jalb qildi va men O‘zbekistonga keldim. O‘zbek futbolidan xabardorman, Xitoyda to‘p surganimda o‘zbekistonlik futbolchilarga qarshi o‘ynaganman. Ular kuchli texnika va mahoratga ega”, – dedi Rostin Griffits.

ROSTIN GRIFFITS HAQIDA MA’LUMOT

Tug‘ilgan sanasi: 10.03.1988 y
Tug‘ilgan joyi: Stok-on-Trent, Angliya
Fuqaroligi: Avstraliya
Bo‘yi: 187 sm
Ampluasi: Yarim himoyachi

Rostin Griffits futbolchilik faoliyati davomida “Blekbern Rovers” (Angliya, 2006–2009), “Gretna” (Shotlandiya, 2008), “Akkrington Stenli” (Angliya, 2008), “Adelaida Yunayted” (Avstraliya, 2009), “Nort Kvinslend Furi” (Avstraliya, 2009–2010), “Senrtral Kost Mariners” (Avstraliya, 2011–2012), “Guanchjou Fuli” (Xitoy, 2012–2014), “Pert Glori” (Avstraliya, 2014–2015 va 2016–2017) va “Roda” (Gollandiya, 2016–2017) klublarida to‘p surgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” avstraliyalik futbolchi – Rostin Griffits bilan shartnoma imzoladi