
Angliya premer-ligasi klublari transfer qoidalariga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmoqda.
The Telegraph va The Times nashrlarida yozilishicha, sentyabr oyida APL klublarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Ushbu yig‘ilishda Angliyada yangi mavsumning birinchi o‘yiniga qadar transferlar darichasini yopish bo‘yicha qaror qabul rejalashtirilmoqda.
Bunday qaror qabul qilinishi uchun tashabbusni klublarning ko‘pchilik qismi (2/3) qo‘llab-quvvatlashi zarur bo‘ladi.
Hozirda «Uotford» bu tashabbusga qat’iyan qarshi, «Manchester Yunayted» esa bu taklifni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.
Qaror qabul qilinsa, yangi tartib keyingi mavsumdanoq hayotga tatbiq etiladi.
Hozirda transfer darichasi 31 avgust kuni, mavsum startidan 3 hafta o‘tib yopilmoqda. Bunday vaziyat esa ko‘plab murabbiylarga yoqmaydi, ular o‘tgan haftada o‘z fikrlarini o‘tgan yig‘ilishda bildirishgandi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar