Afrikaning eng badavlat kishisi Aliko Dangote Angliyaning “Arsenal” futbol klubi egasiga aylanmoqchi ekanini xabar qildi, deb ma’lum qilmoqda Kun.uz nashri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Nigeriya hududida neftni qayta ishlash zavodini qurishga bor e’tiborini qaratgan.
“Men bu zavodni qurib bo‘lishim bilan, e’tiborimni “Arsenal”ga qarataman. Hattoki, klub yaxshi natijalar ko‘rsatmayotgan paytda ham uni qo‘llab-quvvatlayman, bu juda zo‘r klub, men uning egasiga aylansam, u yanada yaxshilanishi mumkin”, - dedi Dangote.
Biznesmenning ishonch bildirishicha, jamoa aksiyalarini hozirgi egalari – amerikalik Sten Kronke (67 foiz aksiyalarga egalik qiladi) hamda asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovdan (30 foiz aksiyalar) xarid qilishning uddasidan chiqadi.
“Agarda, ular to‘g‘ri taklifni olishsa, ishonchim komilki, ular ketadi. Kimdir ularni ketish variantini ko‘rib chiqishga majbur qiluvchi taklif bilan chiqadi”, - deya ta’kidlab o‘tdi Dangote.
Avvalroq Afrikaning eng boy odami AQSh va Evropaga 50 mlrd dollar sarmoya kiritishi haqida xabar berilgandi.
May oyida esa amerikalik tadbirkor Sten Kronke Alisher Usmonovning "Arsenal" futbol jamoasi aksiyalarining nazorat to‘plamini sotib olish haqidagi taklifiga rad javobini bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas