11:56 / 19.08.2017
5 119

Ro‘ziqul Berdiyev: Imkoniyatlardan foydalana olmadik

Ro‘ziqul Berdiev: Imkoniyatlardan foydalana olmadik
“Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Sa’dullaevich ishtirok etdi va o‘yin haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

-Bugun jamoamiz ikki bo‘limda ikki xil o‘yin namoyish etdi. O‘zimiz yaratgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. “Bunyodkor” jamoasi bugun yaxshi himoyalandi. Qolaversa bugun omad ham bizdan yuz ugurdi. Hatto bir metrdan ham darvozaga ura olmadik. Ammo yigitlarga e’tirozim yo‘q.

Bugun ular g‘alaba uchun maydonga tushishgandi. Albatta gol urmasdan ijobiy natijaga erishib bo‘lmaydi. Keyingi mag‘lubiyatlardan kerakli xulosalarni chiqaramiz. Bu ruhiy holatdan tezda chiqib ketishimiz kerak. Endi bor e’tiborimizni shunga qaratamiz.


Manba: www.fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: Imkoniyatlardan foydalana olmadik