16:39 / 23.08.2017
4 330

Taniqli jurnalist Nikimbaev O‘FF matbuot xizmatini yolg‘onchilikda aybladi

Taniqli jurnalist Nikimbaev O‘FF matbuot xizmatini yolg‘onchilikda aybladi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi 34 minglik «Bunyodkor» stadionida muxlislarsiz o‘tadi.

O‘FF matbuot xizmati buning sababini tushuntirishga urindi.

Std.uz nashri yozishicha, 25 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan har ikki tomon kecha — 22 avgust kuni o‘zaro suhbatlashib olgan. Unga ko‘ra raqiblar uchrashuv davomida cheklanmagan miqdorda futbolchi almashtirishga kelishib olgan. O‘FF iddaosiga ko‘ra, bu holatda uchrashuv xalqaro o‘rtoqlik o‘yini maqomidan chiqadi.

«Futbol qoidalari»ning o‘yinchilar soni haqidagi bandiga ko‘ra, xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida ko‘pi bilan 6 nafar futbolchini almashtirishga ruxsat etilgan. Bu raqam ko‘payib ketganida o‘yinga nazorat bahsi maqomi beriladi va u FIFA taqvimiga kiritilmaydi, deyiladi O‘FF axborotida. Demak, Qirg‘izistonga qarshi bellashuv FIFA reytingi uchun ahamiyatsiz bo‘ladi.

FIFAning 2017 yil 26 iyulida tashkilotga a’zo federasiyalarga yuborgan 1593-raqamli sirkulyariga ko‘ra, bunday nazorat uchrashuvlari targ‘ibotiga, o‘yinga chipta sotishga, uni translyasiya qilishga ruxsat berilmaydi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi nazorat o‘yini nafaqat muxlislarsiz o‘tadi, balki translyasiya ham qilinmaydi.

O‘FF tomoni nega buning oldini olmagani va JCh—2018 ning hal qiluvchi bosqichida turgan jamoaning muxlislar oldida chiqish qilishidan nima sababdan qochgani borasida tushuntirish bermagan.

Shuningdek, Qirg‘izistonga qarshi bellashuvning muxlislarsiz o‘tishi mumkinligi borasidagi birinchi va ikkinchi xabarlar bir-biridan kichik farq qiladi. Birinchisida mehmonlar shuni istayotgani ro‘kach qilingan bo‘lsa, ikkinchisida FIFA yo‘riqnomalari sabab qilingan.

Taniqli jurnalist, o‘z vaqtida OFK mutaxassisi bo‘lib ishlagan Alisher Nikimbaev fikriga ko‘ra, O‘FF matbuot xizmati hammani aldayapti.

«FIFA tashkilotining 1593-yo‘riqnomasida chipta sotishni taqiqlash yoki o‘yin translyasiyasiga ruxsat yo‘qligi haqida hech qanday gap yo‘q.

O‘FF matbuot xizmati o‘yinni yopiq holda o‘tkazilishini goh mehmonlar iltimos qildi, goh FIFA taqiqlagan deb yozmoqda. Ammo, ikkinchi ta’kid - g‘irt yolg‘on» - deb yozdi u tvitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31 avgust kuni Xitoy va 5 sentyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi JCh—2018 saralash o‘yinlarida maydonga tushadi. Xitoyga jo‘nab ketayotgan mamlakatning bosh jamoasi muxlislar oldida chiqish qilmaydi va o‘z eshiklarini ular uchun yopadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Taniqli jurnalist Nikimbaev O‘FF matbuot xizmatini yolg‘onchilikda aybladi