Yaxshi bilasiz, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida yon qo‘shnimiz Qirg‘iziston termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Mazkur o‘yinga muxlislar kiritilmasligi ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari, o‘yin TV orqali ham translyasiya qilinmaydi. Bu borada O‘zbekiston futbol federasiyasi o‘zining bayonotini berib ulgurdi.
UFF.uz sayti esa, Xalqaro sport yuristi San’at Sharipovning ma’lumotlariga tayanib, quyidagilarni ma’lum qiladi:
"Demak, O‘zbekiston futbol federasiyasi Qirg‘izistonga qarshi o‘yinda Samvel Babayan ixtiyorida bo‘lgan bir qator futbolchilarni cheklanmagan miqdorda almashtirib, sinab ko‘rishni reja qilgan va bu haqida FIFA va OFKga murojaat qilgan.
Shu bilan birga, FIFA va OFK mutasaddilariga O‘FF Qirg‘izistonga qarshi o‘yin uchun chipta chiqarib, uni TV orqali translyasiya qilishni ham ma’lum qilgandi.
Ammo, FIFA tashkilotining JCh-2018 saralash uchrashuvlarini o‘tkazish departament boshlig‘i Gordon Savich O‘FFga javob berar ekan, zaxiradan istalgan futbolchilarni cheklanmagan miqdorda almashtirish FIFAning 1593-raqamli sirkulyariga zid ekanligi va bu o‘yin TV orqali namoyish etilsa, jamoatchilik tomonidan noroziliklarni keltirib chiqarilishi haqida ogohlantirgan.
Ya’ni, bunday holatlarda ikki jamoa ham uzog‘i bilan 6tadan futbolchini almashtirishi ta’kidlangan. Shuning uchun Gordon Savich O‘FFga qayta murojaat qilgan va ushbu o‘yinni o‘rtoqlik maqomida emas, balki nazorat o‘yini sifatida o‘tkazishni so‘ragan. Aniqrog‘i, yoki o‘rtoqlik maqomida va futbol qoidalarining 3-bandiga rioya qilish yoki shunchaki nazorat o‘yini sifatida o‘tkazishni aytgan.
O‘FF esa bu maktubdan so‘ng o‘yinni o‘rtoqlik emas, balki nazorat-mashg‘ulot o‘yini deb hisoblanishini va uni yopiq eshiklar ostida o‘tkazishini ma’lum qilgan.
Lekin, sal avval matbuotda O‘zbekiston - Qirg‘iziston uchrashuvi mehmonlarning talabiga ko‘ra, yopiq eshiklar ostida o‘tadi, degan xabarlar tarqalgandi. Aslida, bu ma’lumotni O‘FF aytmagan.
Quyida O‘FF va FIFA o‘rtasidagi yozishmani havola etamiz:
Xulosa o‘zingizdan...
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”