O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan bir qator soha xodimlari Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ular orasida O‘zbekistonda 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ham bor. 45 yoshli mutaxassis “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Ro‘ziqul Berdiyev 2008–2011 yillarda “Nasaf” murabbiylar shtabida assistent, 2012 yildan buyon esa bosh murabbiy lavozimida ishlab kelmoqda. Ro‘ziqul Berdiyev Qarshi klubi ishlab kelayotganidan buyon jamoa bir marta mamlakat vitse-chempioni (2011), 6 karra bronza medali sohibi (2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016), O‘zbekiston Kubogi (2015) va Superkubogi (2016) g‘olibi hamda OFK Kubogi (2011) sohibi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi