13:27 / 26.08.2017
6 676

Boks bo‘yicha jahon chempionati–2017: Bokschilarimizning janglari ro‘yxati

Boks bo‘yicha jahon chempionati–2017: Bokschilarimizning janglari ro‘yxati
Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo‘yicha har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Jahon chempionati o‘yinlari start olganidan xabaringiz bor. 2 sentyabrga qadar davom etadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida 85 ta davlatdan 289 nafar sportchi o‘z vaznlari toifasi bo‘yicha 10 ta oltin medalni qo‘lga kiiritish uchun kurash olib borishadi.

Kecha musobaqaning dastlabki kunida 91 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida hamyurtimiz Sanjar Tursunov nikaragualik Jeffri Gonsales bilan ringga ko‘tarildi. Baslashuvda raqibiga nisbatan katta ustunlikka ega bo‘lgan Sanjar Tursunov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi.

Sanjar keyingi saralash to‘qnashuvida argentinalik Yara Peraltaga qarshi ringga chiqadi. Jang 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Boshqa ishtirokchilarimiz quyidagi sanalarda va raqiblarga qarshi jangga kirishashdi:

49 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Robinson Rodriges (Kuba)

52 kg. Birinchi saralash bosqichi. 26 avgust
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Yankiel Rivera (Puerto Riko)

56 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston) - Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston)

60 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust
Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Harri Garsayd (Avstraliya)/Karen Tonakanyan (Armaniston) g‘olibiga qarshi

64 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Jon Guterres (Kolumbiya)

69 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust

Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Nkumbu Silungve (Zambiya)/Yevgeniy Barabanov (Ukraina) g‘olibiga qarshi

75 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust

Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Aziz Ochilov (Turkmaniston)

81 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust

Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Muslim Gajimagomedov (Rossiya)/Jeysson Monroy (Kolumbiya) g‘olibiga qarshi

91 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Yara Peralta (Argentina)

91+ kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kem Larssen (Daniya)/Karlos Masia (Angola) g‘olibiga qarshi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha jahon chempionati–2017: Bokschilarimizning janglari ro‘yxati