Serxio Aguero jarohat tufayli 2 oy futbol o‘ynay olmaydi

«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero «Everton»ga qarshi o‘yinda (1:0) olgan jarohati tufayli kamida 7 haftaga safdan chiqdi, Bu haqida «Sports.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Qo‘yilgan tashxisga ko‘ra, argentinalik 26 yoshli hujumchining chap tizzasi bo‘g‘imlarida uzilish yuzaga kelgan. Argentina matbuoti Aguero 7 haftagacha maydonga tusha olmasligi mumkinligi haqida xabar tarqatgan.
Bugun o‘tkaziladigan MRT (magnit-rezonans tamografiya) tekshiruvidan keyin futbolchining tiklanish muddatiga aniqlik kiritiladi.
Foto: football-side.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing