
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 2-turida “Alaves”ga (2:0) qarshi bahsda ikki bor raqib posbonini ranjitdi.
Bu bilan u Ispaniya chempionatining so‘nggi 14 mavsumidan buyon har mavsumda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Bundan tashqari 30 yoshli argentinalik futbolchi Yevropaning top-5 birinchiliklarida 350 ta gollik dovondan o‘tgan ikkinchi sportchi bo‘lib turibdi. Birinchi bo‘lib Gerd Myuller “Bavariya” safida ushbu natijani (365) qayd etgan.
Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar