
Boks bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlarida hamyurtimiz Sanjar Tursunov (81 kg) o‘zining ikkinchi jangini argentinalik Yara Peraltaga qarshi o‘tkazdi.
Mazkur bellashuvda Sanjar hakamlar bahosiga ko‘ra raqibidan 4:1 hisobida ustun keldi. Qayd etish joiz, bokschimiz ilk raundda argentinalik bokschini nokdaun holatiga tushirishga muvaffaf bo‘ldi.
Endi unga chorak finalda gollandiyalik bokschi raqiblik qiladi. Biroq bu haqda biroz keyinroq ma’lumot beramiz.
Eslatib o‘tamiz, Tursunov birinchi jangda nikaragualik Jeffri Gonsalesga hech qanday imkoniyat qoldirmay 5:0 hisobida zafar quchgan edi.
Manba: Sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar