Germaniyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari davom etmoqda. Vakillarimiz ishtirokidagi bugun o‘tayotgan so‘nggi jangda 75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov ringga ko‘tarildi.
Umidli bokschimizga qarshi ringda turkmanistonlik Aziz Achilov ko‘tarildi.
Katta ustunlik ostida o‘tgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz jangni muddatidan avval tugatdi.
Madrimovning kuchli zarbalarini qabul qilib olgan Achilov jang davomida 3 bor nokdaun holatiga tushdi va uchinchi raundda referi jangni to‘xtatishga qaror qabul qildi.
Endi Isroil keyingi bosqichda 29 avgust kuni amerikalik Ilsey Troy va misrlik Hosan Abdin juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”