
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final navbatdagi bahsida hamyurtimiz Osiyo chempioni, 2015 yilgi jahon chempionati bronza medali sohibi Elnur Abduraimov 60 kg vazn toifasida ringga ko‘tarildi.
Bokschimizga yarim final ostonasida besh karra Gruziya chempioni, 2016 yilgi Gruziyada yilning sportchisi deb topilgan Otar Yeranosyan raqiblik qildi.
Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bellashuvda hamyurtimiz biroz raqibiga nisbatan passiv harakat qildi va hakamlar gruziyalik bokschining 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin, Isroil Madrimov ham chorak finalda to‘xtagan edi.
Manba: sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar