22:23 / 30.08.2017
4 713

Marchello Lippi: O‘zbekistonda JChga chiqish uchun imkoniyatlar yaxshiroq

Marchello Lippi: O‘zbekistonda JChga chiqish uchun imkoniyatlar yaxshiroq
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 9-turidan o‘rin olgan Xitoy – O‘zbekiston uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Marchello Lippi va jamoa sardori Jeng Zi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“JCh saralash bosqichining so‘nggi ikki o‘yiniga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. O‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inida barcha futbolchilar o‘z imkoniyatini namoyish etdi. Shogirdlarimda g‘alabaga bo‘lgan chanqoqlikni ko‘ryapman. Guruhdagi holatimiz yaxshi emas, ammo ertaga biz uchun so‘nggi imkoniyat.

O‘zbekiston terma jamoasi JChga chiqish uchun bizdan ko‘ra yaxshiroq imkoniyatga ega ekanini bilamiz. Ammo biz ertaga ustunlikni qo‘lga olib, taktik o‘yinimiz orqali g‘alabaga erishishga harakat qilamiz.

O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan hayajondamanmi? Yo‘q, axir men professional murabbiyman. Xitoy termasi kundan kunga taktik jihatdan kuchayib bormoqda va men bundan mamnunman. Birgina narsadan qoniqish hosil qilmayapman – bu Xitoy termasining jahon reytingidagi o‘rnidan. Ishonchim komil, jamoa yaxshiroq natija qayd eta oladi va o‘zimizga bo‘lgan ishonch bunga yordam beradi”, – dedi italiyalik mutaxassis.

“Ertaga uyimizdagi oxirgi uchrashuvni o‘tkazamiz. Barchamiz ushbu o‘yinni sabrsizlik bilan kutdik. Ortda qolgan 8 uchrashuvda baland-paslarni boshdan kechirdik. Saralash bosqichidagi o‘yinlarning hech biri oson o‘tmadi. Nima bo‘lganda ham, ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz”, – dedi 37 yoshli Jeng Zi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy – O‘zbekiston uchrashuvi ertaga, 31 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.


Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marchello Lippi: O‘zbekistonda JChga chiqish uchun imkoniyatlar yaxshiroq