Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari davom etmoqda.
Hozirgina 52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Latipov o‘zining musobaqadagi to‘rtinchi jangini janubiy koreyalik Kim In-Kyuga qarshi o‘tkazdi.
Mazkur to‘qnashuvda tajribali bokschimiz o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibini ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub etdi. Hakamlar ushbu jangda Latipovning 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.
Shu tariqa, Jasurbek Latipov ushbu JChda finalga yo‘l olgan uchinchi bokschmimiz bo‘ldi. Bunga qadar Hasanboy Do‘smatov va Iqboljon Xoldorovlar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edilar.
Manba: sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar