23:22 / 01.09.2017
5 767

Gamburg-2017: Bektemir Meliqo‘ziyev kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi

Gamburg-2017: Bektemir Meliqo‘ziyev kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari oxirlab bormoqda.

Mazkur janglarning birida 81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev irlandiyalik Jou Uordga qarshi bahs olib bordi.

Hamyurtimizning yaqqol ustunligida kechgan jangda Bektemir raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagandek ko‘ringan bo‘lsada, hakamlar irlandiyalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi.

Shu tariqa, Bektemir Meliqo‘ziyev bu yilgi JChda bronza medaliga ega chiqqan ikkinchi bokschiga aylandi.

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gamburg-2017: Bektemir Meliqo‘ziyev kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi