Ma’lumki, vakillarimizdan to‘rt nafar bokschi finalga yo‘l olgan va ularning hammasi kubalik bokschilarga qarshi jang o‘tkazishmoqda.
46–49 kg vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasidagi dastlabki jangda Hasanboy Do‘smatov kubalik Joanis Argilagosga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.



Bizni endi oldinda vakillarimiz ishtirokidagi uchta jang kutib turibdi:
52 kg. Final. 21:20:
Jasurbek LATIPOV (O‘zbekiston) - Yosbani VEITIA (Kuba)
56 kg. Final. 21:40:
Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) - Dyuk Ragan (AQSh)
60 kg. Final. 22:00:
Lazaro Alvares Estrada (Kuba) - Sofian UMIHA (Fransiya)
64 kg. Final. 22:20:
Iqboljon XOLDOROV (O‘zbekiston) - Andi KRUZ GOMES (Kuba)
69 kg. Final. 22:40:
Shahram G‘IYoSOV (O‘zbekiston) - Roniel IGLESIAS GOMES (Kuba)
75 kg. Final. 23:00:
Abilxan Amankul (Qozog‘iston) - Oleksandr Xijnyak (Ukraina)
81 kg. Final. 23:20:
Xulio La Kruz (Kuba) - Jozef Uard (Irlandiya)
91 kg. Final. 23:40:
Yevgeniy Tishchenko (Rossiya) - Erislandi Savon (Kuba)
91+ kg. Final. 00:00:
Qamchibek QO‘NQABAYeV (Qozog‘iston) - Mahammadrasul Majidov (Ozarboyjon)
Final janglarida eng ko‘p vakil Kubadan ishtirok etmoqda — 7 bokschi. So‘ngra O‘zbekiston vakillari — 4 bokschi. Qozog‘iston vakillaridan 3 kishi finalga chiqqan. AQSh, Fransiya, Ukraina, Irlandiya, Rossiya va Ozarboyjondan bir nafardan vakil oltin medal uchun kurashadi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar