Bugun Germaniyaning Gamburg shahrida 7 kun davom etgan boks bo‘yicha jahon chempionatining final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
52 kg vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan hamyurtimiz Jasurbek Latipov finalda kubalik Yosbani Veitiaga qarshi jang qildi.
Ushbu bahsda hakamlar bir ovozdan kubalik bokschisining g‘alabasini qayd etishdi. Bokschimiz uchinchi raundda nokdaun holatiga tushganini qayd tish joiz.
Shu tariqa, 25 yoshli bokschimiz faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionatining kumush medallariga ega chiqdi. 2013 yil Olmatada o‘tgan JChda ham Latipov xal qiluvchi bahsda mag‘lub bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan biroz oldin 49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘smatov kubalik Yoxanis Argelagosga hakamlar xulosasiga ko‘ra 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Manba: sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar