Germaniyada o‘tkazilgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar o‘yindan so‘ng muxlis va yurtdoshlariga tashakkurnoma lavhasini yubordi.
Shahram G‘iyosov bu g‘alabasini O‘zbekiston xalqiga, Prezidentiga va mamlakat Mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlagan. U qo‘llab-quvvatlab turgani uchun barcha o‘zbekistonliklarga minnatdorchilik bildirgan.
«Hammaga katta rahmat! Mana biz ustozlarimiz bilan chempion bo‘lishga muvaffaq bo‘ldik», deb so‘z boshlagan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov.
«Mana shu medal xalqimizga, Prezidentimizga mustaqilligimizning 26 yillik shodiyonasiga bag‘ishlanadi. Bu yutuqqa bir o‘zim erishmadim, bizning bosh murabbiyimiz Marat Galiyevich shu yerda, Rahmatjon aka, barcha bokschilar birgamiz, hamma shu yerda», deya quvonch bilan tashakkurlarini bildirgan u.
69 kg. vazn toifasidagi bokschilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan final jangida Shahram G‘iyosov ham kubalik Roniel Iglesias Gomesga qarshi ringga chiqdi va g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston terma jamoasi bitta oltin, 3ta kumush va 2ta bronza medalni qo‘lga kiritib, medallar soni va sifati bo‘yicha tarixdagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatishdi.
Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilar muxlis va yurtdoshlariga tashakkurini bildirdi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar