20:35 / 04.09.2017
4 625

Samvel Babayan: Ertaga faqatgina g‘alaba uchun maydonga tushamiz, ortga yo‘l yo‘q (to‘liq ma’lumot)

Samvel Babayan: Ertaga faqatgina g‘alaba uchun maydonga tushamiz, ortga yo‘l yo‘q (to‘liq ma’lumot)
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov qatnashdi.

“Ertaga O‘zbekiston futboli, vatanimiz uchun juda muhim o‘yin bo‘ladi. Faqatgina g‘alaba uchun maydonga tushamiz, ortga yo‘l yo‘q. Maydonning har bir qarichi uchun kurash olib boramiz. Xitoyga qarshi bellashuvdan keyin qandaydir so‘z tanlash qiyin bo‘ldi. Ammo mag‘lubiyatga haqli emasdik. Hakamning xatti-harakatidan noroziman. Aslida raqib simulyatsiya ishlatgandi va penalti yo‘q edi. Ertaga so‘nggi imkoniyatdan foydalanib, JChga chiqish uchun harakat qilamiz.

Sergeyev va Abduxoliqov birdek kuchli. Zamonaviy futbolda hujumchilar ham himoyada yordam beradi. Nima uchun Sergeyev maydonga tushyapti degan savolga quyidagicha javob bera olaman: Abduxoliqov Qatarda hali birorta o‘yinda maydonga tushmadi, Sergeyev esa Oliy Ligada bir nechta o‘yinda maydonga tushdi. Mashg‘ulotlar vaqtida ularning farqi biz uchun yaqqol ko‘rinib turadi. Krimets Xitoyda farm-klub tarkibida maydonga tushsa ham, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda.

Murabbiy terma jamoada ish olib boryaptimi, demak iste’fo va ish bir biriga sinonim so‘zlar bo‘ladi. Qarorni O‘zbekiston Futbol Federatsiya qabul qiladi. Qolish-qolmasligim rahbariyatga bog‘liq. Xitoyda Sardor Rashidovdan tashqari yana to‘rt futbolchi ovqatdan zaharlandi. Biz bu masalani chuqurroq o‘rganmoqchimiz. Bunday tasodif bo‘lishi mumkin emas”, – dedi Samvel Babayan.

“Birinchi navbatda bo‘lajak uchrashuv O‘zbekiston uchun finalga teng ekanini aytmoqchiman. Muhim o‘yinda g‘alaba qozonishimiz zarur. Xitoyga qarshi uchrashuvdan keyin natijani esdan chiqarib, bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik haqida o‘yladik. Futbolchilarning kayfiyati yaxshi va barcha ertangi o‘yinga o‘z e’tiborini qaratgan”, – dedi Masharipov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi ertaga, 5 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da boshlanadi.


Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: Ertaga faqatgina g‘alaba uchun maydonga tushamiz, ortga yo‘l yo‘q (to‘liq ma’lumot)