Bugun Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyani qabul qiladi. Oldimizda bitta yo‘l qolgan: g‘alaba qozonish!
Uxandagi mag‘lubiyatdan keyin ko‘pchilikda bugun kimlar tushar ekan, degan savollar ko‘p bor yangramoqda. An’anamizga sodiq qolgan holda bugungi o‘yinga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni taxmin qilib ko‘ramiz.
Demak, darvozada bugun ham ilk daqiqalardan boshlab Ignatiy Nesterov harakat qiladi. O‘ng qanot himoyaga Davron Hoshimov yoki Akmal Shorahmedovlardan biri tushishi shart! Murabbiy Islom To‘xtaxo‘jayevni o‘ngga qo‘ysa - bu noto‘g‘ri qaror bo‘ladi. Krimetsni olib tashlab Islom-Anzur juftligi markaziy himoyada o‘ynashi lozim!
Sardor Rashidov ANIQ o‘ynashi kerak!
Murabbiylar shtabi "uni mazasi yo‘q, tavakkal qilmaymiz" degan gaplarni yig‘ishtirsin. Tavakkal qilasiz bugun! Futbolchimiz soppa-sog‘!
Bugun gol ursayam Ahmedov yoki shu ura oladi, boshqa futbolchimiz ura olmaydi.
Hujumda Temirxo‘ja Abduxoliqov tushadi. Uning ham ijobiy o‘yin ko‘rsatish ehtimoli 50 ga 50, lekin boshqa choramiz yo‘q. Har holda Sergeyevdan yaxshiroq u.
Xullas buyog‘i quyidagicha ketadi:
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov - Vitaliy Denisov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov - Sardor Rashidov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Server Jeparov - Eldor Shomurodov, Temirxo‘ja Abduxoliqov
Maydondagi joylashuv esa quyidagicha bo‘ladi:
Yana bir marta aytamiz: agar mazkur tarkibni o‘zgarsa demak o‘zgartirganlar futbolni uncha tushunmas ekan. Ha, shunaqa!
Aslida Jeparov ham asosiyda tushishi kerakmas, lekin bu o‘yinda markazni ushlash kerak. Shomurodov - Rashidovlar bo‘lsa tinmasdan o‘rinlarini almashtirib turishlari lozim.
Yakuniy qarorni murabbiylar shtabi qilishini eslatib o‘tamiz.
Zaxiradan Marat Bikmayev, Fozil Musayev va Geynrix-Sergeyev-Mirzayev-Shukurovlardan birlari tushishi kerak.
Sizningcha, qanday bo‘lgani to‘g‘riroq?
Kimlar asosiy tarkibga munosib?
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi