Hozirgina O‘zbekiston milliy terma jamoasi JChga chiqish tugur, pley off bosqichiga ham o‘ta olmay siklni tugatdi. Barchangiz g‘azabdasiz, biz ham!
Keling, Babayanning xatolarina ko‘z yugurtirsak.
1. Lobanov va Sergeyev
Oxir oqibat aybini tan oldi janob murabbiy, lekin buni xato ekanligini aytmadi. Ayta olmaydi ham. Janubiy Koreya, Suriya, Eron uchrashuvlarida yo‘qotilgan 12 ochkodan hech yo‘g‘i bir ochkosini qo‘lga kiritganimizda tepadagi raqiblardan hech yo‘g‘i bittasidan tepada bo‘lardik. Ignatiy Nesterov ishtirok etgan ketma-ket uchta o‘yinda statistikaga nazar tashlasak na mtj, na klubi yutqazmagan. Hech yo‘g‘i o‘rtasida duranggi bulgan. Lobanov yomon darvozabon emas, lekin u Ignatiydan kuchli ham emas. O‘rtamiyona posbon, bir paytlar Babayanni o‘zi uni "Paxtakor"da ushlab kolmagan, undan Nesterovni ustun ko‘rgan. Nesterovning bitta kamchiligi bor, yo‘q emas. Kuchli raqib oldidan xavotirga tushadi. Buni ko‘p kurganmiz. Lekin Nesterov Suriyadan qo‘rqadigan kiper emas. Nesterovga Filippin va Bahrayn bilan o‘yinlarda ishonch berib "dux" berish kerak edi. Lekin Babayan bunday qilmadi.
Sergeyev ham yomon hujumchi emas. Ikki yil avval juda ajoyib o‘yin namoyish etdi. Babayan uni Xitoyga pulladi-yu, biz uni zaxiraga kuzatdik. Keyin unga bosim o‘tkazila boshlandi. Babayan xato qilmayotganini isbotlash maqsadida uni tushiraverdi, tushiraverdi, ey... Shuncha hayvondan qochgan bo‘g‘irsoqni tulki bari bir yeydimi? Yeydi. Nima bor yo‘q narsadan bor qilishni? Oxiri Sergeyevni o‘zi yeb bitirdi. Sergeyev o‘z navbatida o‘yin uchun emas, muxlis va OAVga bir nimalarni isbotlashni istay boshladi. Natijada ochiq darvozalarni ishg‘ol qila olmay qoldi. Bunday paytda, hujumchining kelajagi yo‘lida unga dam bera olmadi Babayan. Sergeyev ikki yildan beri olayotgan imkoniyatni boshqa hujumchilar ikkita o‘yinda ham olmadi. Shomurodov bo‘ladimi, Bikmayev bo‘ladimi bari bir Sergeyevni soyasida qolaverdi. Sababi bitta edi, u gol urishi, Babayan anjumanga kirib ana Sergeyev yaxshi o‘yinchi deyishi kerak edi. Hozir Sergeyevdan yaxshisini ko‘rsatingchi deb o‘zini oqlaydiganlar yo‘q emas. Gol urish uchun faqat hujumchi bo‘lishi kerak emas. Bu zamonda 4-4-2 taktikasidan boshka taktikalar ham bor. Yarim himoyachilardan foydalanish mumkin bo‘lgan uslublar bor. Ahmedovni Abramov kabi himoya markaziga qo‘yishda unga g‘urur yo‘l quymadi. Chunki bu Abramovning ixtirosi edi. Bizda murabbiylar olishuvi borki, terma jamoamiz gullamaydi!
MTJ Tursunovni unutdi, terma jamoa himoya chizig‘i ixtiro chizigia aylandi. Himoyachi bo‘lsang bas, qaysi chiziqda o‘ynashni bilishing qiziq emas.
2. Faqat o‘zini eshitish hamda eski metodikadagi murabbiylar shtabi
Babayan atrofiga faqat o‘zini eshitadigan mutaxassislarni yig‘ib oldi. Jalilovdan o‘zbek futboli so‘nggi 10 yilda hech qanday foyda ko‘rmay qolgandi. Lekin u kishim mutaxassis sifatida MTJda uch yilga yaqin vaqt ishlab qo‘ydilar. Haydarovni o‘z so‘zi bor, yo‘q emas. Lekin Babayanning qarori o‘zgarmaydi, u o‘zganing taklifini qabul qilmaydi, sababi faqat uniki to‘g‘ri. Anvar Rashidov Nesterov tomon bo‘lsada darvozada Lobanov turadi.
Deyan Jurjevich O‘zbekistonga nega keldi, quruq maosh olib ketganimi? U raqib o‘rganish bilan shug‘ullandi. Bironta raqibni safarda yutganimiz yo‘q. Hamma raqibga qarshi o‘sha o‘sha tarkib. Bir ikki o‘zgarishni inobatga olmasa. 14 futbolchi bor bizda xolos. Biznes klassda ham ushalar uchishi kerak. Abramov ham Kosimov ham jamoat bilan hisob kitob qilardi. Kel shu ham to‘g‘ri aytayotgan bulsa kerak deb quloq solardi. Lekin bu kishim faqat o‘zlarini eshitdilar. Natijada kuchsiz guruhning autsayderiga aylandik.
3. Irim
Maydonni o‘pish, bitta rangdagi futbolkada maydonga tushish, "Paxtakor" bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan kurtka bilan o‘yinga chiqish, o‘yindan oldin intervyu bermaslik. Barchasi irim, barchasi shirk. Qanday qilib bizning duolar ijobat bo‘lsin?
4. Foydasi yo‘q yig‘inlar va kuchli raqibdan cho‘chishi
Biz o‘rtoqlik uchrashuvlarini topamiz, lekin bosh murabbiy o‘ynashni istamaydi. Chunki bosh murabbiy kuchli raqibga qarshi o‘ynab yutqazishdan qo‘rqadi. U doim yutishi kerak. Shuning uchun biz o‘rtamiyonalar bilan o‘ynab yurdik va o‘zimiz o‘rtamiyonalar safiga kirdik. Shuning uchun bizda kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash tajribasi bo‘lmadi va kerakli o‘yinlarning birontasida g‘alaba qozona olmadik.
Turkiya, Avstriyaga bir talay bola ketadi, lekin tarkib o‘sha-o‘sha. Nima bor yig‘in qilib oliy ligani buzib? Paytida "Paxtakor" futbolchilarini olib ketaverishidan norozi bo‘lib, uning o‘rniga oliy ligada o‘ynash kerak deydigan Babayanni uzi yig‘indan bo‘shamadi. Orada olimpiya terma jamoasini barbod qildi. Aslida bugungi MTJdan ko‘ra usha olimpiya terma jamoasi so‘nggi davrlardagi eng yaxshilaridan biri edi. O‘sha yerda ham faqat Sergeyev uchun o‘ynaldi.
Babayanning eng katta muammosi raqibning ichiga jiddiy kirishib ketishi va bolalarni cho‘chitib kuyishi. Bir kunda ikki mahallab yig‘ilish qilib ularni zeriktirib yuborishi. Boshida hammaga yoqdi, lekin bir taomni yillab ichsangiz ochlikka tayer bo‘lib qolasiz. Babayan futbolchilarni futboldan bezillatib qo‘ydi. Birgina Sergeyevni maydonga tushishi aniq bo‘ladigan kun asosiy tarkibning qolgan o‘yinchilarini o‘ylanitirib qo‘yaverdi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, xilma xil taktikani unda ko‘rmadik. Masharipov kuchli bo‘ladimi kuchsiz asosiy tarkibdan joy ololmay ketdi. Shorahmedov shunchaki bo‘sh qolgan o‘yinchini to‘ldiruvchi bo‘lib qoldi. Afonin yomon kurinmadi. Tursunov hech bulmasa besh daqiqa uynab bera olardi. Bizning jamoamiz taktikasini raqib o‘rganmay qo‘ygan bo‘lsa ajab emas, o‘rganib nima qiladi har doim bir narsani ko‘rsa.
Endi kech, boshida qayda edingiz deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, endi yana bir narsa, MTJ futbolchilariga Samvel Babayan bilan uchinchi o‘rinni keragi yo‘q edi. Ularning aksariyati Suriyadan keyin murabbiy almashishini kutishdi, keyin Erondan keyin o‘zgarish bo‘lishini, bo‘lmadi. Uchinchi o‘rin Uchun bahsni ham Babayanga qoldirilishi mumkinligini hech kim inkor eta olmaydi. U bilan Avstraliyaga bekorga borib kelish esa hech nima degani. Har holda o‘yindan avval Avstraliyani uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishi yaqiroq edi.
Kim ham Shoraxmedovning holatiga tushgisi kelardi? Bironta o‘yinga tushirmas ekan, so‘nggi paytda umuman qo‘yib yuborar ekan, nima bor edi bolani Xitoyga ovora qilishni, 15 kun birga olib yurishni?
Babayan shu kungacha o‘z aybini tan olmadi, hech qachon u o‘zini aybdor his qilmadi. Lekin sikl boshidagi gapidan kelib chiqamiz, "bu O‘zbekiston tarixidagi eng kuchli terma jamoa". Eng kuchli terma jamoa kuchli uchlikka ham kira olmadi, kuchli terma jamoa kuchsizlar ichida pley-offga ilina olmadi. Demak, kuchli terma jamoaning boshida kuchsiz murabbiy bo‘ldi. Babayan aybini tan olmasada, u ko‘rsatgan mazmunsiz o‘yinlar uning asl holatini ko‘rsatib berdi. Sifatsiz bo‘lsada, Suriyadan yaxshi ligamiz bor. Demak, liga bahona emas. Suriya so‘nggi o‘yinga kelib ko‘zida o‘t yongan bo‘lsa, biznikilarda yonib turgan o‘tni Babayan mahorat bilan uchirdi. Babayan hech nima yo‘qotmadi, xalq to‘rt yillik umrini yo‘qotdi. Samvel Vyacheslavovich, agar O‘zbekistonni yaxshi ko‘rsangiz boshqa terma jamoalarga nomzodingiz ilgari surilsa uni qabul qilmang!
Nodirxo‘ja Yuldashev
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi