Hammasi Gollivud kinolaridek bo‘ldi. Film so‘ngida adolat zafar quchdi.
Eron milliy terma jamoasi biz allaqachon qilishimiz kerak bo‘lgan ishga 6,5 yil avval qo‘l urib, zamonaviy fikrlaydigan va katta futbol ko‘rgan mutaxassisni olib kelgandi. Endi Keyrush jamoasini yengish qit’a yetakchilari uchun ham oson ish emas.
Janubiy Koreyada futbol strukturasi qanday ekani haqida barchamiz yaxshi bilamiz. Mamlakat bosh jamoasi ancha kuchsizlanib qolgan bo‘lsa-da, toki O‘zbekiston kabi jamoalar bor ekan, ular muntazam ravishda JChga boraveradi. Aytmoqchimanki, ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi eng asosiy mezon. Biz esa noto‘g‘ri yo‘ldan yurayotganimizni bilib turib, muvaffaqiyat kutadiganlar xilidanmiz.
Vatanparvarlik borasinda TVdagi chiqishlar, shoirlarning balandparvoz gaplari-yu, shuhratparastlarning shishirilgan fikrlari qancha ko‘p bo‘lmasin, asl vatanparvarlik ko‘rinishlarini biz Suriya misolida ko‘rdik. Umid qilamanki, buni o‘sha gaplari qilayotgan amallariga to‘g‘ri kelmaydiganlar ham ko‘ra olishdi.
Samvel Babayan milliy terma jamoani qabul qilib olganidan so‘ng uning xatolari va qarorlarini eng ko‘p tanqid va tahlil qilganlardan bo‘ldim. Endi bu ishni davom ettirishdan ma’ni yo‘q, men to‘xtadim, men mag‘lub bo‘ldim, mening jamoam yana o‘sha-o‘sha qolib ketganlar qatorida, bizning muxlislar doimgidek alamini ichiga yutganlar qatorida. Chunki vaziyatni o‘nglash hech birimizning qo‘limizdan kelmadi, biz ojizmiz, kichik odamlarmiz, katta ishlarga aqlimiz yetmaydi.
Faqat bir gapni aytaman, qadrdonlar, ikki yil davomida ustimizdan kulishdi. Oramizda buni sezmaganlar, his qilmaganlar yoki qo‘shilib kulganlar bo‘ldi. Ich-ichimdan hafaman. Ko‘rishguncha, ko‘ngli yarimta do‘stlarim...
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi