23:49 / 06.09.2017
3 276

«Tagi» yo‘q futbol yoki tarbiyani otalardan boshlash kerak

«Tagi» yo‘q futbol yoki tarbiyani otalardan boshlash kerak
Menimcha, shunisi bilan oxirgi maqola yozishim bo‘lsa kerak.
Boshqa yoza olmasligim tayin, yana 5 yil sabr qila olmayman. Qatardagi Jahon chempionatini kutishga esa, endi toqat yetmaydi.

Men kechagi durangni tahlil qilmoqchi emasman yoki kim murabbiy bo‘lishi ham menga qiziq emas. Bir narsa aniq bo‘ldi: Rauf Inileyev haq ekan, bizning borimiz shu!

Bizda futbolning tagi yo‘q ekan. Endi haqiqatni tan olaylik. Negadir, natijaga umid qilaveramiz, ishonaveramiz. 20 yildan beri bitta tuzukroq hujumchi yetishtirib chiqarmabmiz. Oxirgisi Maksim Shatskix edi.

Nahotki butun respublikamizda hujumchi qurib ketgan bo‘lsa?! Mayli, bu savollarga javoblarni futbolimiz mutasaddilari berishsin.

Bilasizmi endi nima qilish kerak? Tarbiyani otalardan boshlash kerak!

Ha, har birimiz farzandimizga "Qo‘y bolam, pul berib seni akademiyaga joylab nima qilaman. Sandan ko‘ra iqtidorlar borku, o‘shalar kirsin futbol maktablariga. Biz bekorga o‘rinni band qilmaylik" deya olishi kerak. Farzandining iqtidori past bo‘la turib, uni pul evaziga futbol maktablariga joylayotgan otalarni tarbiyalash kerak.

Futbolda toza iqtidorlar bo‘lishi shart. Tanish-bilishlikni yo‘qotish kerak. Klublarimiz esa, bo‘ladigan bolalarni o‘ynatishi lozim. Puliga qarab asosiyga kiritadigan murabbiylarni yo‘qotish kerak.

Butun O‘zbekistondagi barcha qishloq va shaharlardagi iqtidorlarni topib, ularni sinash kerak. Maxsus guruh tashkil qilib, ular terma jamoaga baza tayyorlashi lozim.

Bo‘ldi, poyezd ketib bo‘ldi. 2018 yilni ham boy berdik. Bu yerda hamma ayb Babayanda ham emasga o‘xshaydi. Bu yerda tizim noto‘g‘ri yo‘ldan ketgandi. Endi ko‘zni ochib, zamonaviy fikrlash kerak. Futbolga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish darkor.

Futbol sigareta chekishni yoki spirtli ichimliklar ichishni yotirmaydi. Uni o‘z hurmati bor. Futbolga hurmatni joyiga qo‘yib qo‘yish kerak. U muqaddasroq baribir, unga ko‘ngilochar narsa sifatida qarab bo‘lmaydi.

Umuman, futbol tizimini uni tushinadiganlarga berish kerak.

Jurnalistlar qo‘lidan kelgancha o‘z ishini qildi, kerak paytda kamchiliklarni ayta oldi. Lekin, ularni eshitishmadi. Oqibatini ko‘rib turibsiz.

Erondan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin futbolimizni qutqarib qolsa bo‘lardi. Afsus, unday bo‘lmadi. Nima ham qila olardik...

Buyog‘iga vaqtning o‘zi hammasini joy-joyiga soladi.

Mana, kecha yurtimizda valyuta erkinligi amaliyotga tadbiq etila boshlandi. Bu juda katta yutug‘imizdir. Nasib qilsa, futbolimizga ham navbat keladi. Futbolda ham islohotlar bo‘ladi.

Bir paytlar Diyor Imomxo‘jayev aytgandi: "Futbolimiz yaxshilanishi uchun JCh-2018ni qurbon qilishga ham tayyorman", deb. Zora, uning aytganlari ijobat bo‘lsa...

Endi yaxshi bo‘lishi kerak, bo‘ladi ham! Faqat ketgan asablar va qurbon qilingan JCh-2018 hisobiga.

Azizxon Akbarov

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Tagi» yo‘q futbol yoki tarbiyani otalardan boshlash kerak