4 968
O‘zbekistonda imkoniyat bor - OFK 5 sentyabr kuni o‘tkazilgan shubhali o‘yinlar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazadi
Osiyo futbol konfederatsiyasi 5 sentyabr kuni o‘tkazilgan JCh-2018 saralashi o‘yinlaridagi ehtimoliy qoidabuzarliklar bo‘yicha surishtiruv boshladi.
Ayni paytda OFK o‘yinlar bilan bog‘liq hujjatlarni to‘plash bilan shug‘ullanmoqda. Tashkilot bayonotida yozilishicha, OFK barcha masalalarda FIFA bilan hamkorlik qiladi va zarur hujjatlarni yetkazib beradi.
OFK qaysi o‘yinlarda qanday qoidabuzarlik bo‘lgani haqida ochiq ma’lumot bermagan.
Biroq, mutaxassislarda Eron - Suriya (2:2) va Saudiya Arabistoni - Yaponiya (1:0) o‘yinlari yuzasidan ba’zi savollar tug‘ilgan.
Xususan, Eron terma jamoasi shu paytgacha guruhda birorta gol o‘tkazib yubormagani holda, jangovar tarkibda maydonga tushsa-da, Suriyadan 2ta gol qo‘yib yuborgan. Ulardan biri, O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yini tugashi bilanoq urilgan. Natijada, Suriya guruhda uchinchi o‘rinni ilib ketgan. Qizig‘i shundaki, har ikkala terma jamoa futbolchilarining vaqt cho‘zishi oqibatida, bosh hakam o‘yinga 7 daqiqa qo‘shib bergan. Bu vaqt mobaynida O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yini tugab bo‘lgan. Shundan so‘ng, Suriya o‘ziga kerakli golni Eron darvozasiga urgan.
Saudiya Arabistoni - Yaponiya o‘yinida, ikkinchi bo‘limda hisob ochilganidan so‘ng, mehmonlar qarshilikni to‘xtatgan. Natijada, Saudiya kerakli hisobni ushlab qolib, Avstraliyadan o‘zib ketgan va JCh yo‘llanmasiga ega bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni quyidagi o‘yinlar o‘tkazilgandi:
Avstraliya - Tailand - 2:1
Iroq - BAA 1:0
O‘zbekiston - Janubiy Koreya 0:0
Eron - Suriya 2:2
Qatar - Xitoy 1:2
Saudiya Arabistoni - Yaponiya 1:0
Manba: stadion.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi