AQSh, Kanada va Meksika mamlakatlarining birlashgan tashkiliy qo‘mitasi futbol bo‘yicha 2026 yilda o‘tadigan jahon chempionati musobaqasini o‘tkazish uchun da’vogar shaharlarning taxminiy nomiga aniqlik kiritdi.
Unga ko‘ra, 48 nafar terma jamoa ishtirok etadigan jahon chempionati musobaqasi o‘yinlari o‘tkaziladigan shaharlar ro‘yxatida Kalgari, Grin-Bey va San-Diyego kabi shaharlar nomi kiritilmagan.
Dastlabki qaydnomadan 41 ta shaharga joy berildi. Ularning 32 tasi AQSh, 6 tasi Kanada va uchtasi Meksika mamlakatlari tarkibiga kiradi.
FIFA uchun taqdim etiladigan so‘nggi rasmiy qaydnomada 20–25 ga yaqin shahar qoladi. Ariza 2018 yilning 16 martida FIFAga taqdim etiladi.
FIFA talabiga ko‘ra, JCh o‘yinlarini o‘tkazish uchun da’vogar shaharlar soni 12 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
Ma’lumot uchun, JCh–2026 musobaqasini o‘tkazadigan davlat nomi 2019 yilning yanvar oyidan 2020 yilning fevral oylari orasida aniqlab olinadi.
FIFA prezidenti Janni Infantinoning 2017 yil 10 yanvar kuni qabul qilgan qaroriga ko‘ra, jahon chempionati birinchi marta 48 ta jamoa ishtirokida o‘tadi.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi