14:30 / 09.09.2017
4 797

O‘FFga yangi prezident saylanadigan majlis Radisson mehmonxonasida o‘tkaziladi

O‘FFga yangi prezident saylanadigan majlis Radisson mehmonxonasida o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, 12 sentyabrda O‘zbekiston futbol federatsiyasining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbir avval bo‘lib o‘tganidek O‘zbekiston futbol federatsiyasining majlislar zalida emas, balki Radisson BLU Hotel mehmonxonasida o‘tkazilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Uff.uz tomonidan ushbu yig‘ilishda OFK va FIFAdan vakillar ishtirok etishi xabar qilingan edi.

O‘FFning hisobot yig‘ilishida ishtirok etish uchun OAV vakillari ham rasman taklif etilgan. Yig‘ilish ishtirokchilarini ro‘yxatga olish jarayoni Toshkent vaqti bilan soat 09.30 da yakuniga yetadi.

Kech qolgan OAV xodimlari yig‘ilishga kiritilmasligi mumkin.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FFga yangi prezident saylanadigan majlis Radisson mehmonxonasida o‘tkaziladi