00:05 / 11.09.2017
4 937

Amaldagi chempion Joshua Muhammad Ali kabi jang o‘tkazmoqchi

Amaldagi chempion Joshua Muhammad Ali kabi jang o‘tkazmoqchi
WBA, IBF va IBO versiyalari bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Entoni Joshua kelgusida qanday jangni o‘tkazishni orzu qilishi haqida so‘zlab berdi.

“Men keksayganimda eslay oladigan jang o‘tkazmoqchiman. Men Afrikada jang o‘tkazish niyatidaman. Muhammad Ali rekordlar o‘rnatgan va trendlar paydo qilgan odam bo‘lgan. Uning ishini takrorlash ajoyib bo‘lardi”, deb aytgan Joshua.

1974 yil 30 oktyabrda Kongo poytaxti Kinshasa shahridagi 20 may nomidagi stadionda Ali va Jordj Forman o‘rtasida afsonaviy jang bo‘lib o‘tgan. O‘sha jangni Ali 8-raundda nokaut bilan yutgan.

Avvalroq Joshua 28 oktyabrda bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi jang o‘tkazishini tasdiqlagandi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amaldagi chempion Joshua Muhammad Ali kabi jang o‘tkazmoqchi