12:51 / 11.09.2017
5 065

Stiven Sigal Toshkentga nima uchun kelgan edi?

Stiven Sigal Toshkentga nima uchun kelgan edi?
Toshkentga 8 sentyabr kuni tashrif buyurgan taniqli kinoaktyor va mahoratli kurash ustasi Stiven Sigalning “Bunyodkor” stadionida penchak silatning professional yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Asian fight – 2017 xalqaro turnirida nima uchun tadbirda ishtirok etmaganligi o‘tgan haftaning muhim jumboqlaridan biriga aylandi.

Tadbirdan bir kun avval O‘zbekistonga kelgan kinoaktyor O’zbegim an’anaviy madaniyat festivalida qatnashib, Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan o‘zbek oshidan tatib ko‘rdi. Shuningdek, BABOS ot sporti klubi va Toshkent Madaniyat va san’at institutlarida bo‘ldi.

Ammo Toshkentda o‘tgan “Asian fight – 2017” turniri doirasida Stiven Sigal ishtirokida o‘tishi kutilgan matbuot anjumanida mashhur kinoyulduzi ko‘rinish bermadi.

O‘zbekiston Pecha-silat federatsiyasi matbuot kotibi Jamshid Xodjiakbarov jurnalistlarga bu haqda intervyu berar ekan, biz Sigal stadionda bo‘ladi, deb va’da bermaganmiz, deb ta’kidladi.

Avvaliga, “Asian fight – 2017” turniriga taniqli aktyor Jan-Klod Van Damm va aralash yakkakurash bo‘yicha mahoratli sportchilar Djeff Monson, Fyodor Yemelyanenkolarning kelishi aytilgan edi.

Ammo, 6 sentyabrga kelib, ular bilan erishilgan shartnomalar to‘xtatilgani ma’lum qilindi.

Manba: 1news.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Stiven Sigal Toshkentga nima uchun kelgan edi?