22:30 / 12.09.2017
5 105

OChL. «Shanghay SIPG» yarim finalda! Odil Ahmedov penaltidan gol urdi

OChL. «Shanghay SIPG» yarim finalda! Odil Ahmedov penaltidan gol urdi
Osiyo chempionlar ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan Xitoyning «Guangchjou Evergrand» va «Shanghay SIPG» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi yakuniga yetdi.

Shanghayda kechgan uchrashuvda Odil Ahmedov jamoadoshlari bilan 4:0 hisobida zafar quchgan edi. Endi bu safar Luis Felipe Skolari shogirdlari o‘z uyida shunday g‘alabani qo‘lga kiritishdi va hakam qo‘shimcha daqiqalarni belgiladi. Qo‘shimcha daqiqalarda ikkala jamoa ham bittadan gol kiritishdi. OChL reglamentiga muvofiq qo‘shimcha daqiqalarda mehmonda urilgan gol qoidasi bekor qilinishi bois penaltilar seriyasi belgilandi.

Penaltilar seriyasida mezbonlar vakili Rikardo Gulartning xatosi yagona bo‘ldi. Mehmonlar tarkibida esa barcha futbolchilar, jumladan Halk, Oskar va Odil Ahmedov ham darvozani aniq nishonga oldi. Yakunda 5:4 hisobidagi g‘alaba Andre Villash-Boash jamoasini YeChL yarim finaliga olib chiqdi.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL. «Shanghay SIPG» yarim finalda! Odil Ahmedov penaltidan gol urdi