YeChL. «V» guruhi. «Bavariya» va «PSJ»dan kutilgan futbol

YeChL. «V» guruhi. «Bavariya» va «PSJ»dan kutilgan futbol
Yevropa chempionlar ligasining «V» guruhidan o‘rin olgan birinchi tur uchrashuvlari yakunlandi. Unda guruhning favoriti sifatida qaralgan ikki jamoa bildirilgan ishonchni oqlay oldi.

Myunxenda «Bavariya» «Anderlext»ni qabul qilib, raqiblari darvozasini javobsiz uch marotaba ishg‘ol qilgan bo‘lsa, «PSJ» Glazgoda «Seltik» mehmoni bo‘lib, bu ishni besh marotaba amalga oshirishning uddasidan chiqdi. E’tiborli tomoni, jamoaning ikki qimmatbaho xaridi Kilian Mbappe va Neymar ham bu uchrashuvda gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar ligasi, 1-tur
B Guruhi

Bavariya (Germaniya) – Anderlext (Belgiya) 3:0 (1:0)
Gollar:
Levandovski (12, penalti), Alkantara (65), Kimmix (90).
Bavariya: Noyer, Zyule, Martines (Boateng, 77), Rafinya, Kimmix, Tolisso, Alkantara, Xames (Koman, 85), Robben, Riberi (Myuller, 78), Levandovski.
Anderlext: Zels, Naxar (Appia, 26), Spayich, Desxaxt, Kipchu, Dendonker, Kums, Trebel, Stanchu (Onekuru, 59), Xanni, Teodorchik (Xarbaui, 84).
Ogohlantirishlar: Riberi (11), Trebel (22), Stanchu (53), Tolisso (74).
Chetlatish: Kums (11,Anderlext).

Seltik (Shotlandiya) – PSJ (Fransiya) 0:5 (0:3)
Gollar:
Neymar (19), Mbappe (34), Kavani (40, penalti, 85), Lyustig (83, avtogol).
Seltik: Gordon, Lyustig, Tirni, Ralston, Shimunovich, Braun, Ntcham, Armstrong (Rogich, 46), Roberts (Forrest, 78), Sinkleyr, Griffits (Eduar, 69).
PSJ: Areolya, Markinos, Kurzava, Dani Alves, Tiago Silva, Verratti, Motta, Rabo (Draksler, 61), Neymar, Mbappe (Lo Chelso, 84), Kavani.
Ogohlantirishlar: Shimunovich (39), Ralston (53), Neymar (76).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar