10:38 / 13.09.2017
4 622

YeChL. «S» guruhi. «Chelsi» qaytishni bayramga aylantirdi

YeChL. «S» guruhi. «Chelsi» qaytishni bayramga aylantirdi
Yevropa chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv «S» guruhi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Bir yillik tanaffusdan so‘ng YeChLga qaytgan Londonning «Chelsi» klubi Antonio Konte boshchiligida YeChL debyutanti «Qorabog‘»ni qabul qildi va qaytishni bayramga aylantirib yubordi. Londonliklar Ozarboyjon klubi darvozasiga javobsiz oltita gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Roma» va «Atletiko» jamoalari o‘zaro durang qayd etishdi.

Natijada 1-turdan keyin «Chelsi» guruhda yetakchi bo‘lib oldi. «Atletiko» va «Roma» hisobida esa bir ochkodan bor. «Qorabog‘» birinchi turdanoq autsayder maqomini o‘ziga qabul qilib oldi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1-tur
C Guruhi

Chelsi (Angliya) – Qorabog‘ Ozarboyjon 6:0 (2:0)
Gollar:
Pedro (5), Dzappakosta (30), Aspilikueta (55), Bakayoko (71), Batshuayi (76, 82).
Chelsi: Kurtua, Kristensen, Keyxill, Alonso, Aspilikueta (Ryudiger, 75), Villian, Kante (Bakayoko, 63), Pedro (Azar, 58), Fabregas, Dzappakosta, Batshuayi.
Qorabog‘: Shexich, Sadыgov (Madatov, 70), Jeznichak, Medvedev, Guseynov, Garayev (Diniyev, 70), Rishard, Michel, Gere, Pedro Enrike (Elyunussi, 77), Ndlovu.
Ogohlantirish: Keyxill (16).

Roma (Italiya) – Atletiko (Ispaniya) 0:0
Roma
: Alisson, Manolas, Kolarov, Jezus, Bruno Peres, Strotman, de Rossi, Nainggolan (Pellegrini, 79), Perotti, Defrel (Fasio, 68), Djeko (El-Shaaravi, 89).
Atletiko: Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Koke, Gabi (Ferreyra Karrasko, 62), Parti, Saul, Grizmann (Gaytan, 79), Vetto (Korrea, 58).
Ogohlantirish: Perotti (71).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YeChL. «S» guruhi. «Chelsi» qaytishni bayramga aylantirdi