Anxel Di Mariya: «Real»ga gol ursam, nishonlamayman

«PSJ» yarim himoyachisi Anxel Di Mariya EChL doirasida «Real»ga qarshi kechadigan o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Parijga ketishim ma’lum bo‘lgani hamono xotinim bilan suhbatda "Real"ga qarshi o‘ynashimizni aytdim. Madridda muxlislar meni qanday kutib olishlarini bilmayman, ammo biz u erda birgalikda EChLdagi o‘ninchi g‘alabani nishonlagan edik. "Real" tarkibida "Atletiko"ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinni o‘tkazganimdan so‘ng muxlislar meni o‘rnilaridan turib olqishlagan edilar. O‘shanda "MYu"ga o‘tishim aniq bo‘lib qolgandi.
Menimcha "Santyago Bernabeu"ga qaytish juda ajoyib bo‘ladi. Agar "Real"ga gol ursam, uni nishonlamayman. Bu klub bilan erishgan yutuqlarim bir umr yuragimda qoladi", - deydi Di Mariya. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing