
Braziliya futbol Konfederatsiyasi ma’muriyati milliy chempionatning hal qiluvchi turlaridan boshlab videotakrorlar tizimini joriy etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda «Tashkilot» rasmiy saytiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, yangi texnologiyalar joriy taqvim yilining o‘zidayoq amalda foydalanishga topshiriladi. Hozirgi vaqtda tizim sinovdan o‘tkazilmoqda. Yangi texnologiya bo‘yicha nazariy va amaliy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Braziliya konfederatsiyasi rahbari Marko Polo Del Neronin shaxsan o‘zi so‘nggi vaqtlarda mahalliy chempionat — A seriya o‘yinlarida hakamlarning xatolari ko‘payib ketgani sababli tezroq bu tizimni joriy qilishni istamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar