Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida davom etayotgan Yopiq inshootlardagi beshinchi Osiyo o‘yinlarining “B” guruhi 4-turida Afg‘oniston bilan ro‘baro keldi.
Mazkur o‘yinda Bahodir Ahmedov shogirdlari kutilmaganda 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston tarkibida Dilshod Rahmatov va Farhod Abdumavlonov gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari
Futzal. “B”guruhi
20 sentyabr, chorshanba
O‘zbekiston – Afg‘oniston 2:4
Gollar: Dilshod Rahmatov (35), Farhod Abdumavlonov (38) – Akbar Kozimi (4), Sayid Mehdi Hoshimi (21), Javad Haydari (34), Alirizo Qurboni (34)
Ushbu guruhning yana bir o‘yinida Xitoy termasi Maldiv orollarini 9:3 hisobida taslim qilishga erishdi.
Quyida “B” guruhining qolgan uchrashuvlari taqvimi bilan tanishing:
21 sentyabr, payshanba
16:45 BAA – Afg‘oniston
19:00 O‘zbekiston – Xitoy
Eslatma: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan
Ma’lumot uchun, futzal turnirida 17 ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. Ikkita guruhda beshtadan, bitta guruhda to‘rtta va yana bir guruhdan uch jamoa o‘rin olgan. Guruhlarda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l olishadi. 1/4 final g‘oliblari yarim finalga chiqishadi. Yarim finalda g‘alaba qozongan jamoalar finalda chempionlik uchun kurashsa, mag‘lub bo‘lgan ikki jamoa esa bronza medallari uchun bahslashadi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar