
«Barselona» ustozi Ernesto Valverde «Jirona»ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:0) o‘z fikrlarini bildirdi.
«Real» va «Atletiko» g‘alaba qozongani uchun bizda bosim bor edi. Faqat aql emas, yurakdan o‘ynab g‘olib bo‘ldik.
Messini qo‘riqlashlari ba’zida foyda keltiradi, u futbolchini boshqa joyga olib ketganida boshqa o‘yinchimizda imkoniyat paydo bo‘ladi. Messi uchrashuvning 10-daqiqasida yonimga kelib unga qarshi tayinlangan qo‘riqchi borligini aytdi va maslahat so‘radi. Messi xotirjam o‘z ishini bajardi.
Luis Suaresdan gol kutishadi. Agar yana bitta gol urganida ajoyib bo‘lardi», — deydi Valverde.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar