“Jirona” himoyachisi Pablo Maffeo “Barselona”ga qarshi uchrashuv (0:3) dan so‘ng Messining savollariga javob bergani haqida aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Maffeo uchrashuvda faqat Messi ortidan ta’qibda bo‘ldi va natijada argentinalik hujumchi “Jirona” darvozasiga gol ura olmadi.
“Messi – mendan yoshim va “Siti”dan ijaraga kelganim haqida so‘radi. Unga hammasini batafsil aytib berdim.
O‘yin oldidan murabbiy menga Messini qattiq qo‘riqlashim haqida topshiriq bergandi. Faqat uning yonida bo‘lishim va to‘pga emas Messiga o‘ynashim kerakligini bildim.
To‘g‘ri, Leodek futbolchini qo‘riqlash ham aqliy ham jismonan tomondan qiyin. Lekin o‘ylaymanki men o‘z vazifamni yaxshi ijro etdim. Murabbiyning bildirgan ishonchi uchun unga minnatdorchilik bildiraman”, — deydi Maffeo.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli ispaniyalik futbolchining transfer huquqi “Manchester Siti”ga tegishli bo‘lib, “Jirona”da ijara futbolchisi sifatida faoliyat olib bormoqda .
“Jirona” esa “Manchester Siti” klubi rahbarlariga tegishli bo‘lib, jamoa City Football Group kompaniyasiga tegishli.
Manba: www.stadion.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi