Yevropa chempionlar ligasining F guruhidan o‘rin olgan 2-tur uchrashuvlari bu safar kutilgan natijalar bilan yakunlandi.
Angliyada «Shaxtyor»ni qabul qilgan «Manchester Siti» juda katta muammolarga duch keldi. Ayniqsa jamoa birinchi bo‘limda kutilgan futbolni namoyish etib bera olmadi. Ikkinchi bo‘limning boshida Kevin De Bryuyne hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqaga kelib Serxio Aguero belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi. 90-daqiqa boshida esa Rahim Sterling farqni ikkitaga oshirdi. Natijada «Siti» o‘zining olti yillik YeChL tarixida ilk marta guruhni ketma-ket ikki g‘alaba bilan boshladi. Shu kungacha ular hech qachon bunday ko‘rsatkich bilan musobaqani boshlashmagandi.
Birinchi turda Ukrainada yutqazgan «Napoli» bu turda «Feyenoord»ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, dastlabki uch ochkoni tantana qildi.
Ushbu natijalardan keyin guruhda «Siti» 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. «Napoli» va «Shaxtyor»da uchtadan ochko bor. «Feyenoord» esa 0 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolmoqda.
F guruhi
Napoli (Italiya) – Feyenoord (Niderlandiya) 3:0 (1:0)
Gollar: Insine (7), Mertens (49), Kalexon (70).
Napoli: Reyna, Maksimovich, G‘ulom, Hyusay, Kulibali, Hamshik (Zelinski, 71), Jorjino (Diavara, 80), Kalexon (Rog, 73), Allan, Insine, Mertens.
Feyenoord: Jons, Sen-Jyust, Xaps, Diks, Tapiya (van Bek, 78), Trindade, Bergeys (Larsson, 86), Tornstra (Basadjikoglu, 69), Boetiyus, Amrabat, El-Axmadi.
Ogohlantirishlar: Kulibali (37), El-Ahmadi (47), Bergeys (54), van Bek (86), Diavara (90).
Manchester Siti (Angliya) – Shaxtyor (Ukraina) 2:0 (0:0)
Gollar: de Bryuyne (48), Sterling (90).
Manchester Siti: Ederson, Stounz, Otamendi, Uoker, de Bryuyne, Sane, Delf, Fernandino, Silva (Gundo‘g‘an, 81), Aguero (Bernardu Silva, 85), Gabriel Jezus (Sterling, 54).
Shaxtyor: Pyatov, Ordets, Ismaili, Butko, Rakitskiy, Stepanenko, Fred (Kovalenko, 90), Tayson, Marlos (Dentino, 78), Bernard (Petryak, 89), Ferreyra.
Ogohlantirish: Ordets (66). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi