Avvalroq, O‘zbekiston Oliy Ligasining 23-turidan o‘rin olgan “Navbahor” (Namangan)–“Paxtakor” (Toshkent) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida muxlislar va rasmiy vakillar o‘rtasida mojaro yuz bergani haqida xabar bergandik.
O‘yin 1 oktyabr kuni o‘tkazilganini hisobga olgan holda bugunga qadar ushbu nohush vaziyat bo‘yicha hali biror tashkilot rasmiy xabar bermagandi. Bugun, 3 oktyabr kuni O‘zPFL tashkiloti mazkur mojaro tufayli “Navbahor” PFKga nisbatan intizomiy chora qo‘lladi.
“Taqdim etilgan videolavha va har ikki klubning matbuot kotiblaridan olingan tushuntirish xatiga asosan, Chempionat reglamentining Tartib-intizom kodeksi 5-modda, 1-bo‘lim, 5.9 punkti hamda 5-modda, 4-bo‘lim, 5.57 punktiga ko‘ra “Navbahor” PFK 10 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi va shunga o‘xshash holat takrorlansa yanada qattiqqo‘l choralar qo‘llanishi haqida ogohlantirildi.
Shuningdek, “Navbahor” PFK Matbuot kotibi Shavkat Sodiqov va xavfsizlik bo‘yicha ofitser Rahmonov Bahodirning egallab turgan lavozimi ko‘rib chiqilishi kerakligi haqida qaror chiqarildi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, matbuot anjumanida muxlislar “Paxtakor” bosh murabbyi Shota Arveladzega provakatsion tarzdagi savollar berishgan, keyin bu vaziyatga “Paxtakor” Matbuot kotibi Bekzod Nazarov aralashgan. Shundan so‘ng muxlislar Bekzodga e’tiroz bildirib, unga “ovozingni o‘chir” kabi qo‘pol so‘zlarni aytgan.
Ma’lumot uchun, mazkur holat bo‘yicha yozilgan videolavha hamda batafsil tafsilotlarni biroz avval saytimiz sahifasiga joylashtirgandik.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi
AQSHda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
Senat: O‘zbekiston yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda