10:17 / 04.10.2017
4 834

Alisher Usmonovga «Arsenal»dagi ulushi uchun 525 mln. dollar taklif qilindi

Alisher Usmonovga «Arsenal»dagi ulushi uchun 525 mln. dollar taklif qilindi
4 oktyabrda ma’lum bo‘lishicha, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga Londonning "Arsenal" klubidagi aksiyalarini sotish bo‘yicha taklif bildirildi. Klubning eng yirik aksiyadori, amerikalik Sten Kronke Usmonovning klubdagi ulushini qo‘lga kiritish uchun bu aksiyalarga 525 mln funt sterling taklif qilgan. Agar bitim amalga oshsa, Kronke klub aksiyalarining deyarli yagona egasiga aylanadi, deb yozadi Kun nashri.

Avvalroq, aksincha Usmonov Kronkening klubdagi ulushini 2,3 mlrd dollarga sotib olishni istayotgani, biroq amerikalik rad javobini bergani haqidagi ma’lumot paydo bo‘lgandi.

The Guardian britan nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Kronke klubning 67 foiz aksiyasiga, Usmonov esa 30,04 foiz aksiyasiga ega.

Usmonov 2007 yilda klubning 14,5 foiz aksiyasini 75 mln funt sterlingga xarid qilgandi. Keyinchalik u klubdagi ulushini ko‘paytirib, joriy yil fevralida uni 30 foizga yetkazgan.

Qayd etish joizki, "Arsenal" hozirda Angliya chempionati musobaqa jadvalida 13 ochko bilan 5-o‘rinni egallamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Usmonovga «Arsenal»dagi ulushi uchun 525 mln. dollar taklif qilindi